Pepe safga qaytdi va "Borussiya"ga qarshi bahsda "Real"ga yordam berishga tayyor

Aslanov Jasurbek
26 sen 2016, 10:34
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan Dortmundning "Borussiya"siga qarshi Chempionlar ligasi guruh bosqichi uchrashuvida jamoa himoyachisi Pepeni maydonga tushirishi mumkin.

Portugaliyalik futbolchi jarohat tufayli Ispaniya chempionatining so'nggi ikki uchrashuvida maydonga tushmagan edi. U "Espanol"ga qarshi La Liganing 4-tur bahsida shikastlangandi.

"Qirollik klubi" va "Borussiya" o'rtasidagi bahs 27 sentyabr kuni nemislar maydonida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca