Pepe Kavaniga yetib oldi, oldinda faqat Mbappe qoldi

2 fev 2019, 08:20
Liga 1da to'purarlar poygasi avjiga chiqmoqda.

Kecha 23-tur doirasida “Lill” jamoasi o'z maydonida “Nicca”ni qabul qilib, 4:0 hisobida g'alaba qozondi. Gollarda biriga 23 yoshli hujumchi Nikolya Pepe mualliflik qildi. Uning joriy mavsum Fransiya chempionatida urgan gollari soni 16 ta bo'ldi va u Edinson Kavaniga yetib oldi. Kavani ham 16 ta gol kiritgan. Ro'yxatda esa 18 ta gol urgan Kilian Mbappe peshqadam bo'lib turibdi.

Mazkur o'yinda Pepe bitta golli uzatmani ham amalga oshirdi. U gol+pas tizimida hozircha 27 ochko(16 ta gol+11 ta golli uzatma) to'pladi, undan oldinda esa faqat Mbappe bor - 28 ochko (18 ta gol+10 ta golli uzatma).

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia