Pelening o'g'li 33 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi
Narzulla Saydullayev
1 iyun 2014, 13:37
Afsonaviy futbolchi Pelening o'g'li, ayni paytda “Santos” klubi darvozabonlar murabbiyi bo'lib ishlab kelayotgan Edino narkotik moddalar savdosi bilan shug'ullanayotgani aniqlanib, 33 yillik qamoq jazosiga mahkum etildi.
BBC xabariga ko'ra, 43 yashar Edino sud qarori yuzasidan apellyaciya beradi. Pelening o'g'li 2005 yili ham aynan narkotik savdosi bo'yicha xibsga olinib, ma'lum muddat qamoqda o'tirib chiqqandi. Edinoning so'zlariga ko'ra, u narkotik istemol qilgan, lekin ularning savdosi bilan shug'ullanmagan.