Jamoa bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov tayyorgarlik rejasi haqida ma'lumot berdi. Unga ko'ra, asosan 1996-98 yillarda tavallud topgan futbolchilardan iborat jamoa 20 dekabr sanasidan "Chilonzor" stadioni sun'iy qoplamali maydonida yangi mavsumga tayyorgarlikka kirishadi. Ilk yig'in 28 dekabr kuni yakunlanadi. Keyingi yig'in 5-30 yanvar kunlarida o'tkaziladi.
1 fevral kuni esa jamoa Italiyaning Viarejjio shahrida bo'lib o'tadigan "Koppa Karnevale" musobaqasida qatnashish uchun jo'nab ketadi. Bu safar turnir 2-16 fevral kunlari o'tkaziladi. Shu tariqa yangi mavsumga tayyorgarlik olib borilishi ko'zda tutilgan. O'tgan mavsumdagi bo'lgani singari 2015 yilda ham yoshlar jamoasi tarkibi akademiya tarbiyalanuvchilaridan iborat bo'ladi.