“Paxtakor”: “Traktor Sozi” bilan hal qiluvchi o'yinlar

Narzulla Saydullayev
15 mar 2016, 11:00
O'tgan mavsum “Nasaf”ga qarshi bir guruhda kurash olib borgan “Traktor Sozi” jamoasi endi “Paxtakor” bilan 3 va 4-turlarda to'qnash keladi.

O'zbekiston va Eron klublari o'rtasidagi bellashuvlarni Toshkentda uchrashuv ochib beradi.

Tabrizliklar guruhda ketma-ket 2 g'alabaga erishgach, peshqadam bo'lib olishdi. Shuning uchun bu jamoa bilan o'yinlar “Paxtakor”ning guruhdagi holatini aniqlashga yordam beradi. Chempionimiz kamida 4 ochkoga erishmagan taqdirda qiyin ahvolga tushib qolishi mumkin.

Ozarbayjon millatiga mansub aholi istiqomat qiladigan Tabriz shahrida futbolga e'tibor kuchli. Mavsum mobaynida “Traktor Sozi”ning 80 ming muxlisga mo'ljallangan stadioni 4-5 marta deyarli to'ladi. Oxirgi ikki mavsumda klub OCHLda ishtirok etib kelmoqda. 

Jamoa safida asosan mahalliy futbolchilar o'ynashadi. Ular ko'proq e'tiborni akademiya tarbiyalanuvchilariga qaratishga urinishyapti. Legionerlardan braziliyalik Karlos Kardoso va Augusto Sezar, filippinlik Ian Remzi hamda senegallik hujumchi Aloys Nong bor. Kardoso himoya, Sezar esa yarim himoyada o'ynaydi. Remzi ham o'rta chiziqda to'p tepadi. Nong esa Eronning bir qator klublarida harakat qilgan. Chempionlar ligasida u jamoalarimizga qarshi maydonga tushib ulgurgan.

“Traktor Cozi” ayni paytda turnir jadvalida o'rta pog'onalarda bormoqda, lekin kuchli uchlikdan o'rin egallash uchun imkoniyati mavjud. “Al Jazira”ni uyda va safarda dog'da qoldirgan tabrizliklar Chempionlar ligasida guruh peshqadamiga aylanishgan.


“TRAKTOR SOZI” FUTBOL KLUBI

Laqabi: “qizil bo'rilar”

Tashkil etilgan vaqti: 1970

Stadioni: “Shahand”, 70 ming tomoshabinga mo'ljallangan

Egasi: Eron traktor sanoati kompaniyasi

Boshqaruvchisi: Said Abbosi

Bosh murabbiyi: Ardasher Galenoi

Sovrini: Hazfi Kubogi sohibi (2014).

Jamoaga o'tgan yildan buyon eronlik mashhur murabbiy Ardasher (Amir) Galenoi boshchilik qilib kelmoqda. U “Istiqlol” va milliy terma jamoadagi faoliyati bilan tanilgan. Uning qo'l ostida o'ynashni Erondagi aksariyat futbolchilar orzu qilishadi. O'yinchilarni ruhiy tayyorlashda ushbu mutaxassisda muammo deyarli uchramaydi.

OCHLdagi dastlabki ikki o'yinda “Traktor Sozi” jamoaviy futbol namoyish qildi. Uyda raqib to'liq taslim etilgan bo'lsa, mehmonda shiddatli kechgan bellashuvda yagona gol yordamida o'yin taqdiri hal qilindi.

Ardasher GALENOI

Tug'ilgan sanasi: 21.11.1963

Tug'ilgan joyi: Tehron, Eron

Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi

O'ynagan jamoalari: 1981–1982 “Rax Axan”, 1982–1987 “Shahin”, 1987–1988 “Al Sadd”, 1989–1997 “Istiqlol”.

Eron terma jamoasida 1985–1996 yillarda 20 o'yinda 1 gol urgan.

Boshqargan jamoalari: 1999–2000 “Keshovarz”, 2001–2002 “Barq”, 2002 “Istiqlol”, 2002–2003 “Istiqlol Axvaz”, 2003–2006 “Istiqlol”, 2006–2007 Eron terma jamoasi, 2008 “Mes”, 2008–2009 “Istiqlol”, 2009–2011“Sepaxan”, 2011–2012 “Traktor Sozi”, 2012–2015 “Istiqlol”, 2015 yildan “Traktor Sozi”da.

Mahalliy futbolchilardan iborat tarkibni shakllantirishga klub rahbariyati e'tibor qaratmoqda. Ularga tajribasi bilan yordam berishi uchun legionerlar limitidan to'liq foydalanilgan. Tarkibda mashhur nomlar yo'q, ammo jamoaviy o'yin Tabriz jamoasining asosiy quroli sanaladi.

Darvozabonlar

1. Akbarishod Muhammadrizo

44. Farzin Karusian

55. Masud Hemami

Himoyachilar

2. Muhammad Iranpurian

3. Shojai Halilzoda

4. Xolid Shafiy

5. Karlos Kardoso (Braziliya)

25. Rizo Faraji

40. Ali Hamudi

88. Fardin Abedini

Yarim himoyachilar

6. Sina Ashuri

8. Shahin Soqibi

10. Surushi Rafiy

11. Baxtiyor Rahmoni

15. Ayub Kalantari

16. Muhammad Purrahmat

18. Ian Remzi (Filippin)

19. Augusto Sezar (Braziliya)

66. Mehdi Kiani

77. Said Nojehdeh

90. Mehdi Sharifi

Hujumchilar

24. Farzad Hatami

27. Aloys Nong (Senegal)

32. Mehran Qurbonpur


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia