"Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuvida esdalik sovg'alari sohibiga aylaning

Narzulla Saydullayev
2 apr 2015, 12:22
"Paxtakor" futbol klubi ishqibozlar uchun "Omadli muxlis" ijtimoiy akciyasini davom ettiradi.
3 aprel, juma kuni oliy liganing 3-turida "Paxtakor" "Buxoro"ni qabul qiladi. "Paxtakor" - "Buxoro" uchrashuviga tashrif buyuradigan muxlislar "Omadli muxlis" akciyasida ishtirok etib, 2ta televizor, titul homiy "U cell" kompaniyasidan "3 G" modem va esdalik sovg'asi, "Paxtakor" futbol klubining sport kiyimlariga ega chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi. Chipta sotib olish bilan ushbu akciya ishtirokchisiga aylanasiz.

Ishqibozlarni stadionga kelib, jamoamizni qo'llab-quvvatlashga chaqirib qolamiz. Stadionimizga tashrif buyuring va esdalik sovg'alari sohibi bo'ling.

"Paxtakor" - "Buxoro" o'yini 3 aprel, juma kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00da start oladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz