Pardyu: "Angliya terma jamoasini boshqargan bo'lardim"
Aziz Tukhtamuradov
11 yanv 2015, 11:23
"Krista Pelas" bosh murabbiyi Alan Pardyu qachonlardir Angliya terma jamoasini boshqarib ko'rishga qarshi emasligini aytib o'tdi.
"Ha, oldin ham terma jamoada ishlashni istaganman. Ayni paytda faoliyatim cho'qqisidaman. Umid qilamanki, shu tempda davom etaman. Yangi klubim bilan muvaffaqiyatlarga erishmoqchiman", - deydi murabbiy.