O'zbekiston U17 - Marokash U17. Bugun o'yinoldi matbuot anjumani bo'lib o'tadi

Narzulla Saydullayev
20 okt 2013, 10:56
Ertaga Dilshod Nuraliev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi JCH-2013 doirasida ikkinchi o'yinni o'tkazadi.
"Bugun O'zbekiston va Marokash o'smirlar terma jamoasi rahbarlari Fujayradagi "Hilton" mehmonxonasidagi FIFA yig'ilishida ishtirok etadi. Kechga borib esa, "Fujayra Sport Klab" stadionida O'zbekiston va Marokash terma jamoalari bosh murabbiylari o'rtasida matbuot anjumani o'tkaziladi", - deb yozadi twitter.com/UzbekistanU17.

O'zbekiston - Marokash uchrashuvi 21 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia