O'zbekiston terma jamoasi yopiq o'yinda Qirg'izistonni yirik hisobda taslim etdi

Tolibjon Qosimov
25 avg 2017, 21:55
Ayni paytda O'zbekiston va Qirg'iziston milliy terma jamoalari o'rtasidagi nazorat o'yini bo'lib o'tdi.

Bahs "Bunyodkor" stadionida yopiq eshiklar ortida o'tkazilmoqda.


Hozircha, vakillarimiz 9 daqiqada Sardor Rashidov tomonidan kiritilgan gol evaziga hisobda oldinda borishmoqda. Uchrashuvning 43 daqiqasida Igor Sergeev terma jamoamizning ikkinchi golini kiritdi.

Uchrashuvning ikkinchi bo'limi davom etmoqda.

Bellashuvning 84 daqiqasida Sardor Mirzaev hisobni yiriklashtirib qo'ydi.

Jaloliddin Masharipov o'yinning so'nggi daqiqasida to'rtinchi golni urdi.

Aleksandr Geynrix hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda penaltidan beshinchi golni urdi.

Shu tariqa Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi yopiq eshiklar ortida o'tgan bahsda Qirg'izistonni yirik hisobda taslim etdi.


Nazorat o'yini
Toshkent, "Bunyodkor" stadioni
25.08.2017, 20:00
O'zbekiston - Qirg'iziston 5:0
Gollar:
S.Rashidov 9, I.Sergeev 43, S.Mirzaev 84, J.Masharipov 90+2, A.Geynrix 90+4 (pen.)

O'zbekiston: Ignatiy Nesterov (Aleksandr Lobanov, 74) - Farruh Sayfiev (Vladimir Kozak), Anzur Ismoilov (Davron Hoshimov), Egor Krimec (Sherzod A'zamov), Islom To'xtaxo'jaev (Akmal Shorahmedov) - Otabek Shukurov (Aziz G'aniev), Aziz Xaydarov (Jamshid Iskanderov), Server Jeparov (Aleksandr Geynrix) - Sardor Rashidov (Sardor Mirzaev), Igor Sergeev (Temurxo'ja Abduxoliqov), Marat Bikmaev (Jaloliddin Masharipov).

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia