

Qita birinchiligiga tayyorgarlik jarayonining so'nggi bosqichlaridan birini Miyava shahrida o'tkazayotgan Temur Olimxo'jaev boshchiligidlagi jamoa 30 avgust kuni Slovakiya o'smirlar terma jamoasiga qarshi birinchi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib, 1:1 hisobida durang o'ynadi.
O'zbekiston U-16 terma jamoasi uchrashuvning 21-daqiqasida hisobni ochdi. Birinchi bo'lim nihoyasiga yaqin, o'yinning 39-daqiqasida esa yevropaliklar hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo'limda esa darvozalar dahlsizligi saqlanib qolindi – 1:1.
Takidlash kerakki, jamoalar o'zaro ikkita o'rtoqlik ucharshuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishgan. Ikkinchi ucharshuv 1 sentyabrda o'tkaziladi. O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Toshkentga 3 sentyabrda qaytib keladi va bir haftalik o'quv-mashg'ulot yig'inlari olib borib, 9 sentyabr kuni Hindistonga yo'l oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo chempionati final bosqichida KXDR, Tailand hamda Yaman o'smirlar terma jamoalari bilan bir guruhdan o'rin olgan.



