O'zbekiston OFKga a'zo futbol federatsiyalari reytingida 9-o'rinni saqlab qoldi

Aslanov Jasurbek
14 fev 2017, 17:59
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tashkilotga a'zo mamlakatlar federatsiyalarining yangi texnik reytingini e'lon qildi.

Unga ko'ra, O'zbekiston 45,524 ochko bilan 9-o'rinni saqlab qoldi hamda “G'arb” mintaqasi zonasidagi assotsiatsiyalar orasida 5-pog'onaga joylashdi.

OFK reytingida BAA (96,566 ochko) peshqadamlik qilayotgan bo'lsa, ikkinchi va uchinchi o'rinlarni mos ravishda Janubiy Koreya (89,238) va Qatar (78,842) egallagan.


Qayd etish jioz, OFK tomonidan kiritilgan o'zgarishlarga ko'ra, yangi texnik reytingni tuzishda FIFA reytingidagi ballarning 10 foizi olinsa, qolgan 90 foizi tegishli assotsiatsiyalar klublarining OCHL va OFK Kubogi xalqaro musobaqalarida jamg'argan ballaridan tashkil topgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com