O'zbekiston milliy terma jamoasi 20-28 iyul kunlari yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2014, 15:35
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi iyul oyining so'nggi 10 kunligida Toshkentda yig'in o'tkazadi.
Ma'lumotlarga ko'ra, yig'inga 30ga yaqin futbolchi chaqiruv oladi. Ular orasida yangi nomlar ham bo'lishi kutilmoqda.

Ushbu yig'in doirasida terma jamoamiz mahalliy klublarga qarshi ikkita nazorat uchrashuvini o'tkazadi.

Eslatib o'tamiz, 20 avgust kuni Boku shahrida Ozarbayjon va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia