O'zbekiston - KXDR. Bugun o'yinoldi matbuot anjumani va mashg'ulot

Narzulla Saydullayev
9 yanv 2015, 06:49
Osiyo Kubogi doirasidagi O'zbekiston va KXDR o'rtasidagi o'yindan oldingi matbuot anjumani bo'lib o'tadi.
Sidney vaqti bilan soat 16:45da (Toshkentda 10:45 bo'ladi) Mirjalol Qosimov va biror futbolchimiz ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi.

Soat 17:30dan O'zbekiston terma jamoasining rasmiy mashg'uloti boshlanadi. Mashg'ulot 18:30gacha davom etadi. Uning dastlabki 15 daqiqasi OAV xodimlari uchun ochiq bo'ladi.

18:00dan boshlab KXDR bosh murabbiyi va yetakchi futbolchilaridan biri jurnalistlar savollariga javob berishadi. 18:45da KXDR futbolchilari o'yinoldi rasmiy mashg'ulotni boshlashadi.

Saytimiz orqali barcha tadbirlar onlayn tarzda yoritib boriladi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia