O'zbekiston kubogi. Bugun "Bunyodkor" - "Lokomotiv" uchrashuvi bo'ladi

Narzulla Saydullayev
26 noya 2016, 08:30
Bugun 2016 yilgi O'zbekiston kubogining ikkinchi finalchisi nomi ma'lum bo'ladi.
"Bunyodkor" va "Lokomotiv" jamoalari final yo'llanmasi uchun maydonga tushishadi. Bu jamoalar o'rtasidagi ilk o'yinda "Lokomotiv" o'z uyida 1:0 hisobida g'alabaga erishgan edi.

Bugungi bahs soat 14:00da "Bunyodkor" stadionida boshlanadi.

Eslatib o'tamiz, finalda ushbu juftlik g'olibi Qarshining "Nasaf" klubi bilan bellashadi. Final 30 noyabr kuni Samarqand shahrida bo'lib o'tadi.


O'zbekiston kubogi. ½ final. Javob o'yini.
Bunyodkor  (Toshkent) – Lokomotiv (Toshkent)
26 noyabr (shanba). Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 14:00
Hakamlar:
O. Tolibjonov (Toshkent), R. Shoyaxmetov (Toshkent), S. Shoyusupov (Toshkent), D. Pislegin (Toshkent)
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent).
Birinchi o'yin: 0:1


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia