O'zbekiston kubogi. 1/8 final bosqichiga 5 iyun kuni qur'a tashlanadi

Narzulla Saydullayev
29 may 2023, 16:56
4 iyun kuni O'zbekiston kubogining guruh bosqichi o'z yakuniga etadi. Guruhlarda dastlabki ikki o'rinni egallagan jamoalar 1/8 finalga yo'llanma oladi.

“Sport” telekanali bilan kelishuv asosida 1/8 final uchun jonli efirda qur'a tashlanadi. Jarayon 5 iyun kuni 19:30 dan boshlab to'g'ridan-to'g'ri ko'rsatiladi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston kubogida guruh g'oliblari yetakchilar savatidan joy oladi va ular 1/8 final bellashuvini o'z maydonida qabul qilish huquqini qo'lga kiritadi. Qur'a guruh bosqichida o'zaro kurash olib borgan ikki jamoani qayta uchrashtirishi mumkin.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz