O'smirlarimiz Toshkentda, Ispaniyada turnirda ishtirok etadi

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2013, 08:00
"Futbol sharhi" ko'rsatuvi mehmoni bo'lgan o'smirlar terma jamoamiz bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev terma jamoamizning tayyorgarlik rejasi haqida aytib o'tdi.
"Oktyabrda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni yanvardan boshladik. Bosqichma-bosqich tayyorgarlikni olib bormoqdamiz. Yanvarda Toshkentda yig'inlar o'tkazgan bo'lsak, fevralda BAA da yig'in o'tkazib to'rtta nazorat uchrashuvini o'tkazdik. Ikkita o'yinni BAA o'smirlariga qarshi o'tkazdik. Ular ham Jaxon chempionatida ishtirok etadi. Shundan so'ng Turkiyaga o'n kunlik yig'in o'tkazdik. U yerda asosan klublar bilan nazorat uchrashuvlari o'tkazdik. Rossiya birinchi ligasi, Ukraina ligasi vakillari bilan uchrashuvlar o'tkadik. Turkiyadan qaytgandan so'ng Toshkentda bir haftalik yig'in o'tkazib so'ng mana iyun oyida Tunisda yig'in o'tkazib, u yerda ikkita nazorat uchrashuvi o'tkazdik. Menda mana shu ikki uchrashuv juda katta taassurot qoldirdi. Tunis Afrika qitasidan uchinchi o'rinda jahon chempionatiga yo'l olgan jamoadir. Birinchi o'yinda mag'lub bo'lsak ham ular bilan bir xil o'ynadik. Hech qanday ustun tarafi yo'q edi. Ularda faqat jismoniy jihatdan gavdaliroq ekan shunga qaramay kamchiligi ham ko'p edi. O'sha uchrashuvda mag'lub bo'lsak ham men bolalardan xursand bo'ldim. Ular yaxshi harakat qilishni va bir nechta imkoniyatlar sodir eta oldi. Ikkinchi uchrashuvda esa biz g'alaba qozondik. Chunki ularni kamchiliklari ko'rib qoldi. Men aytmoqchimanki bu yoshdagi barcha terma jamoalar teng imkoniyatga ega bo'ldi. Hamma davlatda bir xil bo'ladi va faqat to'g'ri yo'naltirilsa va to'g'ri taktika tanlansa g'alaba qozonsa bo'ladi. Hamma jamoani kamchiligini topsa bo'ladi. Bu yoshdagi hamma terma jamoadan yaxshi natija kutsa bo'ladi".

"Hozirda terma jamoalar markazi bilan ish olib borilmoqda. Avgustda Toshkentda kichik turnir tashkil etamiz. Unda ikkita jahon chempionatiga chiqqan jamoalar bilan davrali turnir bo'lib o'tadi. 26 avgust kuni Abu-Dabida qura tashlash bo'lib o'tadi. Shunga qarab biz sentyabrda Avstriyaga borib u yerda Avstriya o'smirlar terma jamoasi bilan ikkita nazorat uchrashuv o'tkazamiz. Sentyabrning oxirida esa Ispaniyada yig'in o'tkazamiz. U yerda kichik turnir bo'lib o'tadi. Bizni ham taklif etishdi. U yerda jahon chempionatiga chiqqan terma jamoalardan uch-to'rttasi yig'ilib uchrashuvlar o'tkazadi".

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia