Oskar Xitoyda haftasiga 350 ming funt ishlab topadi

Aslanov Jasurbek
14 dek 2016, 01:58
“Chelsi” yarim himoyachisi Oskar qishki transfer oynasi vaqtida Xitoyga ko'chib o'tadi.

Xitoyning “Shanxay Telleys” klubi londonliklarga futbolchi uchun 60 million funt to'laydi.

25 yoshli xavbekning o'zi ham “Chelsi”dagi jamoadoshlariga tez orada klub bilan xayrlashishi haqida ma'lum qilgan.

“Shanxay Telleys” safida Oskar haftasiga 350 ming funt ishlab topadi (yiliga salkam 18 million).

Eslatib o'tamiz, “Chelsi” 2012 yili Oskarni “Internasonal” jamoasidan 25 million funt evaziga sotib olgandi. Ayni paytda Xitoy jamoasini boshqarayotgan Andre Villash-Boash bir paytlar braziliyalik futbolchini “Tottenxem” safiga jalb qilishga urinib ko'rgan edi.

Joriy mavsumda Oskar APLda 9 ta uchrashuvda ishtirok etgan va uning  xisobida bitta golli pas mavjud.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraf