Osiyo futboli. Srechko Katanets ishga kirishdi

Xayrulla Xoliqov
6 sen 2018, 12:57
Iroq terma jamoasida yangi murabbiy ish boshladi.

O'z vaqtida Sloveniya va Yugoslaviya terma jamoalarida to'p tepgan Srechko Katanets Iroq terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishga kirishdi. 55 yoshli murabbiy bungacha Makedoniya, BAA, Sloveniya termalarini boshqargan. 

Srechko Katanets avvalgi hamkasbi Basim Qasimning o'rnini egalladi. U yangi jamoada ish boshlaganidan mamnun ekanini aytib o'tdi. 

- "Men Iroq terma jamoasini qabul qilib olganimdan xursandman. Biz Osiyo Kubogiga jiddiy tayyorgarlik ko'rishga harakat qilamiz, lekin bu oson bo'lmaydi. Terma jamoani har tomonlama kuchaytirish ko'p vaqtni oladi. Iroqda iqtidorli futbolchilar ko'p va biz to'g'ri yo'lda ishlasak terma jamoa ham kuchayib boradi". 

Iroq terma jamoasi Osiyo Kubogida "D" guruhidan joy olgan va Eron, Vetnam hamda Yamanga qarshi bahs olib boradi. Iroqliklar yangi murabbiy qo'l ostida 10 sentyabr kuni Quvaytga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishadi.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com