O'rtoqlik uchrashuvi. "Oq-tepa" - "Bunyodkor-2" - 9:1

Narzulla Saydullayev
9 avg 2015, 21:09
Bugun "Oq-tepa" mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik jarayonidagi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

“Bunyodkor-2” jamoasiga qarshi kechgan bellashuv gollarga boy tarzda kechdi. Futbolchilarimiz mehmonlar darvozasini birinchi bo'limda to'rt, ikkinchi taymda 5 marta ishg'ol qilishdi. Temur Hakimov xet-rikka erishgan bo'lsa, Berumiy Abdunabiev dublni qayd etdi. Maruf Ahmadjonov, Anvar Rahimov va Shahzod Anvarov ham o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'ydi. Yana bitta gol yosh “qaldirg'ochlar” a'zosi hisobiga yozildi. Shu tariqa hisob 9:1 ko'rinishini oldi.

 
O'rtoqlik uchrashuvi
OQ-TEPA – BUNYODKOR-2 – 9:1 (4:1)
9 avgust. Toshkent. “Oq-tepa” stadioni.
“Oq-tepa”: Rustam Dadaboev (Suleymon Ahmedkarimov, Bahodir Mirsoatov), Farhod Miraahmatov (Vusol Mageramov), Temur Kagirov (Shohruh Hikmatov), Temur Yafarov (Abdujalil Hasanov), Zafarjon Qoraqulov (Ahror Umarjonov), Sobir Usmonxo'jaev (Suhrob Sarimsoqov), Anvar Rahimov (Davron Umirov), Ildar Magdeev (Jo'rabek Sobirov), Shahzod Anvarov (Berumiy Abdunabiev), Temur Hakimov (Maruf Ahmadjonov), Pavel Salomin (Elyor Jahonov).
Gollar: Temur Hakimov (3ta), Berumiy Abdunabiev (2ta), Anvar Rahimov, Maruf Ahmadjonov, Shahzod Anvarov, avtogol (1ta) - Javohir Esonqulov.
Foydalanilmagan penalti: Sobir Usmonxo'jaev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: oq-tepa.uz