Orif Mamatkazin: “Mag'lubiyat - adolatli natija”

Narzulla Saydullayev
12 sen 2014, 19:46
"Andijon" - "Lokomotiv" (1:2) uchrashuvidan so'ng tashkil etilgan matbuot anjumanida maydon egalari ustozi Orif Mamatkazin o'z ishtirok etdi.
“Natija haqqoniy bo'ldi. Bizga bugun mahorat yetishmadi. Qolaversa o'yin tizginini o'zimizda ushlab turish yetishmadi. Yigitlar tezkor goldan xursand bo'lib ketishdi”, - deb gap boshladi Orif Mamatkazin.

“Tan olish kerak, bugun kuchli klub g'alaba qozondi. Yigitlar borini berib o'ynadi. Nima ham qilardik, ishlashda davom etamiz. Shu o'rinda muxlislarimizga ham minnatdorchilik bildirib qolaman. Ular bizga dalda bo'lmoqda.  Hakam haqida nima deyish mumkin. Maydonda qarorni ular chiqaradi. Hozir biror bir vaziyatda ularni ayblashdan foyda yo'q”.

“Temur G'anievni bugun asosiy tarkibga kiritganimizning sababi, unda maxorat yuqori edi. Gol bo'lgan ikki vaziyatni hisobga olmaganda u yaxshi o'ynadi nazarimda. To'g'ri G'aniev “Mashal”dan uchralgan yirik mag'lubiyatdan so'ng ruhiy o'raga tushib qolgandi.  Keyingi o'yinlarda darvozada kim turishini vaqt ko'rsatadi”.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia