"Oltin butsa" uchun kurash davom etmoqda (TOP-15)

Aslanov Jasurbek
26 fev 2018, 17:11
"Barselona" va "Real" hujumchilari Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu LaLiganing so'nggi turida dubl qayd etishdi.

Bu ikki to'purar 4tadan "Oltin butsa" qo'lga kiritishgan. Joriy mavsum "Oltin butsa" uchun kurash juda qizg'in kechmoqda. Ushbu sovrin uchun asosiy da'vogarlar ro'yxatining uchligida Lionel Messi yo'q. Argentinalik hozircha beshinchi o'rinda.

Eslatib o'tamiz, Yevropaning top-5 chempionatlarida har bir urilgan gol "Oltin butsa" uchun kurashda 2 ochkoga aylanadi. Ochkolar faqat milliy ligadagi gollarga beriladi.

"Oltin butsa" uchun da'vogarlar reytingi
O'rinFutbolchiKlubGolGol uchun ochkoUmumiy ochko
1Garri Keyn"Tottenxem"24248
2Chiro Immobile"Lacio"23246
3Edinson KavaniPSJ23246
4Muhammad Salax"Liverpul"23246
5Lionel Messi"Barselona"22244
6Serxio Aguero"Manchester Siti"21242
7Jonas"Benfika"271.540.5
8NeymarPSJ20240
9Luis Suares"Barselona"20240
10Robert Levandovski"Bavariya"20240
11Mauro Ikardi"Inter"18236
12Radamel Falkao"Monako"17234
13Fabio Kvalyarella"Sampdoriya"17234
14Nabil Fekir"Lion"16232
15Yago Aspas"Selta"16232


Reyting Transfermarkt.de sayti asosida tayyorlandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia