2014 yilgi chempionatda 6-o'rinni egallagan "Olmaliq" qayd etgan natija avvalgisiga qaraganda bir pog'ona past bo'ldi. Yildan yilga o'z tarkibini shakllantirib, yuqori natijalar sari intilayotgan jamoa uchun bu ko'rsatkich qoniqarli emas, albatta. Shu sababli, jamoa rahbariyati navbatdagi mavsumda tarkibda bir qator islohotlar amalga oshirishni rejalashtirgan. Bugundan Olmaliqda boshlangan mashg'ulotlarda bir qator yetakchi futbolchilar ishtirok etishmadi. Jumladan, Shaker Zuagi, Obid Jo'raboev va Doston Abdurahmonov "Bunyodkor"da o'tishga yaqin bo'lsa, Darko Stanoevich va Petar Franjich ham jamoa tarkibini tark etgan. Yana bir qator futbolchilarning ham jamoada qolish qolmasligi 27 dekabrga qadar davom etadigan mashg'ulotlardan so'ng ma'lum bo'ladi.
Dastlabki kungi mashg'ulotda quyidagi futbolchilar ishtirok etishdi: Umid Xonimqulov, Akmal Ortiqov, Timur G'aniev, Shohrux Eshbo'taev, Jahongir Jiyamurodov, Sarvar Jo'raev, Abdumalik Toshpo'latov, Abduqahhor Hojiakbarov, Azamat Isroilov, Zohir Pirimov, Sanjar Shoahmedov, Dilyaver Abibullaev, Diyor Turopov, Nikita Pavlenko, Muhammad Isaev, Zafar Polvonov, Islom Isoqjonov, Doniyor Ismoilov, Sharif Mirzaev, Qadamboy Nurmetov.
Biroz betobligi sabab Timur Kagirov va Abror Karimov mashg'ulotda ishtirok etmadi. Timur Hakimovning ijara muddati yakuniga etganligi bois, "Paxtakor"ga qaytgan.