Oliy liga. Bugun "Obod" - "Mashal" uchrashuvi bo'lib o'tadi

Aslanov Jasurbek
24 okt 2016, 09:02
Bugun oliy liganing 26-turidan o'rin olgan so'nggi bahs o'tkaziladi.
Toshkentda liga debyutanti "Obod" klubi Muborakning "Mashal" jamoasini qabul qiladi. "Jar" stadionidagi mazkur bahs soat 16:00da boshlanadi.

Dastlabki davrada bu jamoalar o'rtasidagi o'yinda "Mashal" 5:0 hisobida zafar quchgan edi. Kecha yoshlar ligasi doirasidagi uchrashuvda "Mashal" 3:1 hisobida g'alaba qozondi.


Obod (Toshkent) – Mashal (Muborak)
24 oktyabr 2016. Toshkent. "Jar" stadioni. 16:00
Hakamlar:
V. Serazetdinov (Toshkent), X. Shodmonov (Buxoro), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Rahimov (Andijon)
Nazoratchi: I. Sharipov (Buxoro)
O'zPFL vakili: A. Qodirov.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia