"Olimpik" murabbiyi endi o'smirlar terma jamoasida ishlaydi

Iskandarov Abdulaziz
7 sen 2024, 07:35
2009 yillardan iborat O'zbekiston U-15 terma jamoasi navbatdagi yig'inga kirishdi.

Mazkur yoshdagi terma jamoani Sergey Chigodaev bo'lajak turnirlarga tayyorlaydi. U bunga qadar 2 yil davomida faoliyat olib borgan Dilshod Nuralievning o'rniga tayinlandi. "Bunyodkor" akademiyasi, "Olimpik" klubi va O'zbekiston OTJda murabbiy bo'lib ishlagan Chigodaev o'smirlar terma jamoasiga mas'ul bo'ladi. Unga murabbiylar shtabida "Bunyodkor" akademiyasida 2009 yillarni shug'ullantirayotgan Artur Kagirov, "Olimpik" klubidan Artyom Davletov yaqindan ko'maklashadi. Darvozabonlar bilan Alfred Sharipov ish olib boradi.  

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia