

"Barchasi o'z qo'limizda edi. Sen urmasang, senga urishadi. Bahona yo'q! O'zbekistonda Koreyani yutishimiz kerak yoki futbol o'ynashni yig'ishtiraylik. Muxlislar oldida qarzimiz bor, o'shani uzishimiz shart. Ortga yo'l yo'q", - deydi Odil Ahmedov jahl bilan bir talay imkoniyatlar ko'kka sovurilgan o'yindan so'ng.



