Odil Ahmedov jamoasi BAAdagi yig'inda Rossiya chempioni bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
7 yanv 2018, 16:21
O'zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to'p tepadigan "Shanxay SIPG" klubi qishki yig'inni BAAda o'tkazadi.

Shanxayliklar yig'in davomida bir nechta uchrashuv o'tkazishadi. Ushbu o'rtoqlik o'yinlaridan biri Rossiyaning amaldagi chempioni "Spartak" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. "Shanxay SIPG" hamda Moskva klubi o'rtasidagi uchrashuv 18 yanvarga rejalashtirilgan.

Eslatib o'tamiz, 12 dekabrdan beri "Shanxay SIPG"ni "Portu" sobiq ustozi Vitor Pereyra boshqarmoqda.

"Shanxay SIPG" qishki yig'inni boshladi

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru