

Shanxayliklar yig'in davomida bir nechta uchrashuv o'tkazishadi. Ushbu o'rtoqlik o'yinlaridan biri Rossiyaning amaldagi chempioni "Spartak" jamoasiga qarshi bo'lib o'tadi. "Shanxay SIPG" hamda Moskva klubi o'rtasidagi uchrashuv 18 yanvarga rejalashtirilgan.
Eslatib o'tamiz, 12 dekabrdan beri "Shanxay SIPG"ni "Portu" sobiq ustozi Vitor Pereyra boshqarmoqda.



