Obameyang - Yevropa ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi

Mirjalol Normatov
26 fev 2021, 23:14
UEFA Yevropa ligasi 1/16 final bosqichi javob o'yinlari borasidagi ovoz berish jarayonini yakunladi.

Unga ko'ra, "Arsenal" hujumchisi Per-Emerik Obameyang haftaning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. U "Benfika"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi va jamoasini 1/8 finalga olib chiqdi.

Ushbu etirof uchun kurashda "Tottenxem" forvardi Dele Alli, "Reynjers" hujumchisi Alfredo Morelos va "Molde" posboni Andreas Linde ham kurash olib borgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal