Obameyang "Arsenal"ni tark etishni istaydi

Mirjalol Normatov
19 dek 2019, 21:58
Yaqin vaqtlar ichida "Arsenal" boshqaruvini o'z qo'liga oladigan Mikel Arteta jamoadagi ayrim muammolarni bartaraf etishi kerak.

"Independent" xabariga ko'ra, hujumchi Per-Emerik Obameyang "Arsenal"ni tark etishni istaydi. 30 yoshli gabonlik hujumchi sovrinlar uchun kurashadigan jamoa safini to'ldirishga tayyor.

Shuningdek, forvard Aleksandr Lyakazett va xavbek Granit Jaka ham kelajagi borasida o'ylamoqda. Jamoaning yana bir qancha futbolchilarida ham kayfiyat yomon.

"Arsenal"ning yana bir muammosi - transferlarga katta pul ajratmasligi bo'lmoqda. Agarda jamoani ko'plab futbolchilar tark etadigan bo'lsa, ulardan tushadigan pullar yangilarni olib kelishga ishlatilmasligi ham mumkin.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Independent