"Nyukasl" Zieshni ijaraga olmoqchi

Alisher Ostonov
22 yanv 2023, 15:05
"Nyukasl" "Chelsi"ga yarim himoyachi Zieshning ijarasi borasida taklif berishga tayyor.

Noni Maduekening PSVdan "ko'klar" safiga o'tishi Zieshning ketishiga sabab bo'lishi mumkin. "Nyukasl" esa uni ijaraga olishga tayyor.

29 yoshli futbolchi 2020 yildan beri "Chelsi"da o'ynaydi.

U joriy mavsum barcha musobaqalarda 15ta o'yinda maydonga tushib, bitta assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: GiveMeSport