"Nyukasl" MYU himoyachisini ijaraga olmoqchi

Alisher
3 dek 2020, 18:00
"Manchester Yunayted" himoyachisi Brendon Uilyams "Nyukasl" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

"Nyukasl" MYUning 20 yoshli chap qanot himoyachisini ijaraga olmoqchi. O'yinchiga "Sautgempton" ham qiziqish bildirmoqda.

"Nyukasl" klubida Stiv Bryusning Ole Gunnar Sulsher bilan aloqalari yaxshiligi sabab futbolchini qo'lga kiritishda imkoniyat katta.

Uilyams yaqinda MYU bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar uzaytirdi. Himoyachi joriy mavsum APL doirasida faqatgina 6 daqiqa o'ynadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal