“Nyukasl” Gomis bo'yicha muzokaralarni qayta boshladi

Tolibjon Qosimov
28 avg 2013, 15:45
“Nyukasl” klubi vakillari “Lion” klubiga, hujumchi Bafetimbi Gomisni sotishni so'rab, murojaat qilishgan deb xabar beradi Press Association.

Bundan oldin ham ikkala klub futbolchi taqdirini hal qilish maqsadida muzokaralar olib borishgan edi. Lekin bu hech bir natijaga olib kelmagan. Tomonlar olib borayotgan muzokaralarda shartnoma shartlari ma'lum qilinmayapti. Biroq 28-yoshli fransiyalik futbolchi klubni tark etish niyatida ekanligini jamoaga juda yaxshi tushintirgan.

O'tgan mavsum Fransiya chempionatida Gomis “Lion” trakibida 37 o'yin o'tkazgan va 16 ta gol urishga erishgan. Bundan tashqari u Yevropa ligasi bahslarida ham 2 marotaba gol urishga muvaffaq bo'lgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ru