"Nyukasl" Azarning transferi borasida muzokaralar olib bormoqda

Alisher
8 mar 2022, 10:16
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar Angliyaga qaytishi mumkin.

31 yoshli belgiyalik futbolchi uchun "Nyukasl" klubi da'vogarlik qilmoqda.

Angliya klubi yozda Madrid klubidan ketishi kutilayotgan o'yinchi bilan muzokaralarni boshlab yubordi.

Azar joriy mavsum "Real" tarkibida 22ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Defensa Central