

Birinchi davrani "Qo'qon-1912"da o'tkazgan himoyachi Aybek Nurboev va "Navbahor" vakili Hasan Asqarov ikkinchi davrani Igor Shkvirin boshchiligidagi jamoada o'tkazadi. Bu haqda "Futbol Ekspress" gazetasi xabar berdi.
"Olmaliq" davralar oralig'ida Mo'ydin Mamazulumov, Xurshid Muxtorov va Doston Abdurahmonov kabi futbolchilarni ham o'z safiga qo'shib olgan edi.



