Novak Jokovich Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqqan jamoani qutladi

Aslanov Jasurbek
30 avg 2018, 16:10
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich "Tvitter" orqali "Crvena Zvezda"ni Chempionlar ligasi guruh boqichiga chiqqani bilan tabrikladi.

Eslatib o'tamiz, "Crvena Zvezda" mehmondagi gollar tufayli Chempionlar ligasi pley-off raundida "Redd Bull Zalcburg"ni taslim etdi. Belgraddagi durangdan so'ng, serblar Zalcburgdagi bahsni 2:2 hisobida yakunlashdi.

"Bravo, yigitlar! Bravo, "Zvezda"! Sherlardek kurashdingiz! Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqqaningiz bilan tabriklayman! Olg'a, qizil-oqlar!" - deb yozdi Jokovoich.

Serbiya klubi 1991/92 mavsumdan so'ng ilk marta Chempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com