Norvegiya termasi posboni "Gerta" ga ko'chib o'tadigan bo'ldi

Narzulla Saydullayev
18 dek 2013, 17:00
Berlinning "Gerta" jamoasi Norvegiya terma jamoasi posboni Rune Yarstayn bilan kelishuvga erishdi.
Norvegiyada birinchi raqamli darvozabon sanaladigan Yarstayn yanvarda erkin agent maqomida Berlinga ko'chib o'tadigan bo'ldi. "Gerta" u bilan 2016 yilga qadar shartnoma imzolash niyatida.

Bundesligada ettinchi pog'onani band etib turgan "Gerta" bir necha haftadan buyon darvozabon qidirayotgan edi. Berlinliklarning asosiy posboni sanaladigan Tomas Kraft jarohat olganidan so'ng "Gerta" da darvozabonlar bilan bog'liq muammo yuzaga kelgandi. Shu boisdan ham Yos Luxukay boshchiligidagi jamoa tarkibiga yangi darvozabon qo'shib olish niyatida edi.

Norvegiya termasi posboni esa berlinliklar uchun "noyob" topilma bo'ldi.
- Rune jamoamizni kuchaytira olishiga ishonaman. Uning tajribasi bizga juda qo'l keladi, deb o'ylayman. Yarstaynni qo'lga kiritganimizdan juda ham shodmiz", - deya yangi darvozabon qo'lga kiritilganidan xursandligini bildirdi "Gerta" sport direktori Mixael Pretc

29 yoshli darvozabon "Viking Stavanger" jamoasida faoliyat yuritib kelayotgan edi. Yarstayn avvalroq "Rozenborg", "Trodenxaym" kabi jamoalari darvozasini ham qo'riqlagan. U Norvegiya terma jamosi safida 36 ta uchrashuvda maydonga chiqqan. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: bundesliga.de