Nistelroy PSV bilan shartnomasini uzaytirdi

4 may 2019, 07:46
42 yoshli mutaxassis klubda qoladigan bo'ldi.

2018 yildan beri PSVning 19 yoshgacha jamoasini boshqarib kelayotgan sobiq futbolchi Rud van Nistelroy klub bilan shartnomasini 2021 yil yoziga qadar uzaytirdi.

Qayd etish joiz, u Mark van Bommel o'rniga jamoaga olib kelingandi. Mark esa PSVning asosiy jamoasiga bosh murabbiy bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: FootballHD