Ruud van Nistelroy: "Haqiqiy "Manchester Yunayted" qaytayotganini ko'ryapman"

Tolibjon Qosimov
7 sen 2017, 19:08
"Manchester Yunayted" sobiq hujumchisi Ruud van Nistelroy jamoaning hozirgi holati haqida gapirib o'tdi.

"O'tgan mavsum ular katta sovrinlarni qanday yutishganini ko'rish ajoyib bo'ldi. Bu yil esa ular yanada yaxshiroq ko'rinishmoqda.

Endi ular yaxshiroq tarkib tuzishdi va umid qilamanki, bu yil sovrin qo'lga kiritishadi.



U yerda kreativlik bor, u yerda paslar bor, u yerda harakat qila oladigan va yakunlay oladigan o'yinchilar bor.

Hozir men haqiqiy "Manchester Yunayted" qaytayotganini ko'ryapman", - dedi van Nistelroy.


O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/SquawkaNews