"Paxtakor" Markaziy stadioni ta'mirdan chiqayotgan paytlarni inobatga olmasa, barcha finallar hozircha mazkur stadionda bo'lib o'tyapti. Bu haqda PFLning mahssus reglamenti ham mavjud. Aslini olganda Kubok finalini o'lib-tirilib Toshkentda o'tkazishni talab qiladigan klublarimiz yo'q. Faqatgina muammo shundaki, kubok finalini o'lib-tirilib viloyatda o'tkazadigan mutaxassislarimiz yo'q. Yo'q emas, bor ammo erinchoq. Aslini olganda finalni o'tkazish uchun aytarli katta ish qilinmaydi. Har doimgidek PFLning ikkita xodimi Kubokni ko'tarib stadionga olib tushishadi, qolgani huddi oliy ligadagidek. Aytarli tadbirlar ham yo'q. Germaniya chempionatining birinchi tur o'yinlarini ochilish marosimi, huddi olimpiada o'yinlarining birinchi kunidek shou tarzida o'tkazildi. 2007 yil MHSK stadionida "Paxtakor" finalda "Quruvchi" ("Bunyodkor")ni mag'lubiyatga uchratadi. O'yinga maydon egalari jiddiy tayyorgarlik ko'rishgan edi, ammo finalda "Paxtakor" g'alaba qozondi va taqdirlash uchun qo'llanilishi lozim bo'lgan bazi narsalar ishlatilmadi. Demoqchimanki, qaysi klub o'zi uchun finalni shoudek o'tishini istasa, o'zi uchun harakat qilgan. Huddi shunday voqea 2009 yil ham bo'lgan, Odil Ahmedov sardorligidagi "Paxtakor"ni hech kim Rivaldo boshchiligidagi "Bunyodkor"ni mag'lubiyatga uchratadi deb o'ylamagan edi. Buni hattoki "Paxtakor"ni o'zi ham kutmagan, va sovrinni o'yindan qolib ketgan 1.5 litrli suvlar bilan nishonlagan. Mana o'sha surat.
Masalan, quyida ko'rib turganingiz mahsus sahna, 2011 yildan boshlab chempion va kubok finalida stadionga qo'yila boshlandi. Unga qadar esa gilam to'shalgan bir qavatli doskadan foydalanilar edi. O'sish bor deyishga shoshilmang, aslida bu sahna 2010 yil Toshkentda bo'lib o'tgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati uchun OFK tomonidan buyurtma berilgan bo'lib, samoletgasig'maganligi bois Toshkentda qolib ketgan. Albatta bu hazil. Ammo, fakt! Biz esa 2011 yildan boshlab undan foydalanishni boshladik. E'tiboringizni yana suratga qaratamiz. "AFC U-16 Championship Uzbekistan 2010" jumlasini "O'zbekiston chempioni - 2011" deya o'zgartirish o'rniga, hunukkina qilib, "AFC U-16" o'rniga "Football", "2010"ni esa "2011"ga almashtirishdi. Natijada, Siz suratda ko'rib turganingiz "Football Championship Uzbekistan 2011" jumlasi kelib chiqqan.
AFC U-16 Championship Uzbekistan 2010
Football Championship Uzbekistan 2011
Bundan ko'rinib turibdiki, PFL Kubok finaliga oddiy o'yin sifatida qaraydi. Bu yerda men biron-bir bo'limni ayblay olmayman. Finalga ko'proq tashkilotning marketing xizmati javob berishi lozim. Ammo, bugungi kunga kelib bu bo'limning ishi, maktab bahosida "2"ga loyiq. Aslini olganda elementar hatolarga yo'l qo'yilmoqda. Final o'z nomi bilan final! Unda mavsum g'olibi aniqlanadi, unda OCHL yo'llanmasi egasi aniqlanadi. Unda yangi tarix yaratiladi, ammo bizda... Finalda muxlis uchun aytarli hech narsa yo'q. Goh-gohida birrovga kelib ketadigan qo'shiqchini aytmasangiz, muxlis uchun aytarli hech nima yo'q. Elektron tablodan foydalanishni ham bilishmaydi. Finalga chiqqan klublarning videoarxividan foydalanib, 5 daqiqalik rolik ishlash degan narsalar ham biz uchun begona. O'yin tashkilotchiligi hech bo'lmasa, OCHLning tur uchrashuvi saviyasichalik emas.
PFL o'z qoshida musobaqalarni professional tarzda tashkil qiladigan bo'lim ochishi va oliy liganing har bir turini yuqori saviyada o'tkazishini taminlashi lozim. Badaldan tushadigan emas, marketingdan keladigan daromad bilan o'z qozonini qaynatishi kerak. Buning uchun esa, sal pal ishlaydigan kalla kerak. Gapirsa gap ko'p, yaxshisi muammoga echim beraylik. Bu maqolani o'qib, qani qanday fikr berasan deydiganlar ham bo'ladi.
Xullas gap bunday. Yil boshida PFL O'zbekiston Kubogi finaliga mezbonlik qilish uchun tanlov e'lon qilishi va viloyatlarimiz mahsus dastur orqali mezbonlik huquqini qo'lga kiritish uchun kurash olib borishi lozim. Finalga chiqqan jamoalar safar harajatlarini o'zlari qoplasinlar, tashkilotchi esa chiptadan tushadigan daromadni o'yinga "tiksin". 10 000 muxlis 3 000 so'mdan chipta olsa, 30 000 000 (o'ttiz million) so'm bo'ladi. Bu O'zbekiston miqyosida mana-man degan finalga etadigan mablag'. Aslida muxlislarimiz bugungi kunda chiptalar uchun 100 000 so'mlarni ham ayashmayapti. Bu bilan oliy liga o'yinlaridan zerikib borayotgan viloyat muxlislarini shu yo'l orqali futbolga oz bo'lsada qaytargan bo'lamiz. Masalan, Samarqand, Qashqadaryoning bir yo'la uch hududi, Muborak, Qarshi va G'uzorda O'zbekiston talablaridan ham ortig'a javob beradigan stadionlar bor. Buxoro va anchadan beri oliy liga jamoalarini "tirigi"ni ko'rmay qo'ygan Surxondaryoda zamonaviy stadion bor. Xorazmning ham imkoniyati chakki emas. Bekobodda ham ikkilanmay finalni o'tkazish mumkin. Xullas qilaman desa ish ko'p. Bu stadionlarda maydon yaxshi emas deyishingiz mumkin. Aslini olganda maydoni yomon stadion oliy va birinchi liga o'yinlariga qo'yilishi kerak emas. Yaqin yillar ichida maydon tufayli jamoalar uy uchrashuvlarini o'zgartirdilarmi? Yo'q, demak bu bahona o'tmaydi.
Shu paytgacha o'tkazilgan 20ta finalning 16tasida final "Paxtakor" Markaziy stadionida bo'lib o'tgan. Dastlabki final 1992 yil Samarqandda bo'lib o'tgan bo'lsa, so'nggi 20 yil ichida "Paxtakor" Markaziy stadionida ikki marotaba qayta ta'mirlash ishlari olib borilganligi uchun, 1994-96 va 2007 yillardagi finalga MHSK stadioni mezbonlik qilgan.
2006 yil bo'lib o'tgan final uchrashuvini tomosha qilish uchun 17 000 nafar muxlis kelgan, ammo qiziq bo'lmagan taqdiralsh marosimini kuzatish, muxlislarda ortiqcha qiziqish uyg'otmagan.
Demak, hammani maydoni yaxshi. Yana bir taklif shundan iboratki, Kubok finaliga mezbonlik qilish orqali, ma'lum miqdorda pul ajratilib o'sha stadion maysasini yil davomida final uchun bir tekisda tayyorlash. Buni foydasi yomon bo'lmaydi, Mezbon stadion jamoasi vakillari yil davomida yaxshi stadionda o'ynashadi va ko'nikib qolgach, keyingi yil ham shunday maysa talab qilishadi. PFL hisobida esa, yaxshi maydon soni bittaga oshadi. Xullas Kubok finali borasida gaplar oz emas. Bu yil uchun mayli, qonunga amal qilish lozim. Ammo 2014 yil Kubok finali kamida Qashqadaryoda bo'lsa hisob emas! Ularga esa Farg'ona va Namangan jiddiy qarshilik ko'rsatish mumkin. Boisi, 2014 yilning sentyar oyiga qadar bu ikki viloyatda ikkita yangi stadion klublar ixtiyoriga topshiriladi.
Nodirxo'ja Yuldashev

- Ko'p o'tmay sahnada tub o'zgarishlar qilindi. Shu yil bo'lib o'tgan Kubok finalida sahna quyidagi yozuvlar bilan boyitildi: "O'zbekiston Professional Futbol Ligasi. O'zbekiston Kubo(K)ining finali 2011". Kubok so'zi noto'g'ri yozilish bilan birga, lotin tilidagi O' (O') xarfidagi belgi teskari shakilda qo'yilgan.