Neymar soliq tashkilotiga 2 mln. evro to'laydi

Aslanov Jasurbek
12 avg 2017, 20:14
"Barselona"dan PSJga o'tgan Neymar soliq to'lashdan qochish ayblovidan qutilish uchun Braziliya soliq tashkilotiga 2 mln. evro to'lashga rozi bo'ldi.

"Bu jarayon uch yilga cho'zildi, maqsadimiz esa Neymar tanlagan hayotning yangi bosqichida olg'a harakatlanish" - deydifutbolchining yuristi Markos Neder.

2015 yilning sentyabr oyida Braziliya sudi Neymarning aktivlarini muzlatib qo'ygan edi. Sportchini 2012-2014 yillarda soliq to'lashdan qochishda ayblashgan. Forvard va uning oila a'zolari aybsizligini ma'lum qiligan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph