Neymar Pelening rekordlaridan birini yangiladi

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2021, 20:55
Amerika Kubogi-2021 guruh bosqich 4-turida Braziliya 2:1 hisobida Kolumbiyani taslim etdi.

Hujumchi Neymar jamoadoshi Kazemironing goliga hammuallif bo'ldi. Shu tariqa, 29 yoshli forvard terma jamoadagi assistlari sonini 48 taga etkazib, afsonaviy Peleni ortda qoldirdi.

Shuningdek, Neymar kelajakda Braziliya TJdagi gollar soni bo'yicha Pelening yana bir rekordini yangilashi mumkin. Hozirda unda 68 ta gol bo'lsa, “futbol qiroli” hisobida 77 ta to'p mavjud.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru