Neymar 3 mln dollar jarimadan qutulib qoldi

Оқил Абдубарноев
11 apr 2024, 22:11
Avvalroq "Al Hilol" futbolchisining Braziliyadagi saroyida tegishli ruxsatsiz sun'iy ko'l qurdirgani aytilgandi.

Braziliya sudi futbol yulduzi Neymarga o'tgan yili Rio-de-Janeyro chekkasidagi uyida ekologik licenziyasiz ko'l qurgani uchun belgilangan 3 million AQSH dollari miqdoridagi jarimani bekor qildi.

Sudya Adriana Ramos de Melloning qarorida loyiha aslida maxsus ekologik ruxsatnomalarni talab qilmasligi tasdiqlangan.

Neymar Mangaratiba shahridagi saroyni 2016 yil sotib olgan. Braziliya matbuoti xabariga ko'ra, u yerda vertolyot porti, spa saloni va sport zali ham mavjud.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: INEA