Nega YOTJning Turkiya yig'inidagi tarkibi sir tutilyapti?

Narzulla Saydullayev
28 fev 2014, 13:00
Turkiyadagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini deyarli yakuniga etkazib qolgan O'zbekiston yoshlar terma jamoasining tarkibi hamon mavhumligicha qolmoqda.
Hattoki "Neftchi" bilan bo'lib o'tgan o'yinni hech qayerda yoritmaslik haqida "Markaz" tomonidan aytilgan. Ammo XXI asrda axborotni sir tutib bo'lar ekanmi?

Balki, Mirabror Usmonovni jiddiyroq saviyadagi terma jamoalarga qarshi o'yinlar o'tkazish kerak, klublarga qarshi emas degan gapi uchun, rahbariyatdan o'yin natijasi va raqibi haqidagi ma'lumotni berkitish maqsad qilingan. Tag'in kim bilsin? Har holda, bu qiziq.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia