

Viloyatda yirik sport turnirini o'tkazish uchun keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, Farg'ona shahridagi “Istiqlol” stadionida ham Universiada bahslariga qizg'in xozirlik ko'rilmoqda. Shu sababli, “Neftchi” jamoasi “Obod”ga qarshi Oliy liga 9-tur doirasidagi uy o'yinini Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida o'tkazadi. Avvalroq Yoshlar jamoamiz ham aynan mazkur stadionda o'ynashi haqida ma'lumot bergandik. Biroq ma'lum sabablarga ko'ra, Yoshlar ligasi doirasidagi “Neftchi” – “Obod” o'yini Yozyovondagi stadionida bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, asosiy tarkib jamoalari shanba kuni Qirgulidagi “Neftchi” SK stadionida o'zaro bellashadilar. O'yin soat 17:00da start oladi.
“Neftchi” matbuot xizmati



