"Neftchi": 27 yanvar kuni Toshkent yig'ini yakunlanadi

Narzulla Saydullayev
25 yanv 2016, 19:20
Farg'onaning “Neftchi” klubi mazkur haftada poytaxtdagi yig'inni yakunlashini ma'lum qilamiz.

Farg'onalik futbolchilar 27 yanvar kuni Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasiga qarshi so'nggi nazorat bahsida maydonga tushishadi va shu kunning o'zida jamoa Farg'onaga qaytadi. Shundan so'ng Andrey Fyodorov shogirdlari 29 yanvar kuni start oladigan Farg'ona viloyati “Hokim kubogi”da o'z ishtiroklarini boshlashadi. Shuningdek, Qatardagi Osiyo chempionatida OTJmiz darvozasini qo'riqlagan Abdumavlon Abdujalilov ham kuni kecha mashg'ulotlarga qo'shildi.

Eslatib o'tamiz, “So'g'diyona”ga qarshi bahs Chilonzordagi sun'iy qoplamali maydonda bo'lib o'tadi. Uchrashuv soat 11:00da boshlanadi.

“Neftchi” PFK matbuot xizmati.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcneftchi.uz