Muxtor Qurbonov boshchiligidagi jamoa bugun oliy liga vakili "So'g'diyona" bilan Toshkentda o'rtoqlik bahsini tashkil etdi. Va unda tarkibi nisbatan biroz tajribali bo'lgan raqibi darvozasiga javobsiz uchta to'p kiritishga erishdi. "Bankirlar"ning gollariga Davron Valijonov (2ta) va Ahror Karimov muallif qildi.
Jamoada ayni paytda bir qator yosh futbolchilar ko'rikdan o'tkazilmoqda. Shuningdek birinchi liganing ko'plab jamoalarida to'p surgan Farhod Usmonov ham yig'inga kelib qo'shilgan. Bu hujumchi birinchi bosqichda "Chust-Paxtakor" sharafini himoya qilgandi.
"NBU-Osiyo" ertaga endi oliy liganing yana bir jamoasi "Sho'rtan" bilan kuch sinashadi. 30 iyul kuni esa "Paxtakor-2" bilan, 1 avgustda "Qo'qon-1912" jamoasiga qarshi o'rtoqlik o'yinini o'tkazishga kelishib olingan. Aytishlaricha mazkur uchrashuvlar orqali ko'rikka kelgan futbolchilarning xatti-harakatlari tekshirib olinadi va maqul kelganlari bilan shartnoma imzolanadi.