Nayngollan xatosi uchun kechirim so'radi

Aslanov Jasurbek
3 may 2018, 10:42
"Liverpul"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob o'yinida dubl qayd etgan "Roma" yarim himoyachisi Raja Naynggolan xatosi uchun kechirim so'radi.

Inglizlarning ilk goli Naynggolaning xatosi tufayli yuzaga keldi.

"Roma"dek jamoaning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. O'yin natijasiga ta’sir ko'rsatgan xato uchun meni kechiring" - deb yozdi Naynggolan "Instagram"dagi sahifasida.

"Roma" va "Liverpul" o'rtasidagi javob uchrashuvi 4:2 hisobida yakunlandi va ikki o'yin natijasiga ko'ra, "qizillar" finalga chiqdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com