"Navbahor": Qrimdagi ilk o'yinda g'alaba

Narzulla Saydullayev
24 yanv 2019
Qrimda yig'in olib borayotgan “Navbahor” klubi mazkur yig'in doirasidagi ilk nazorat – sinov bahsini Simferopolning “TSK-Tavriya” jamoasiga qarshi o'tkazib, 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

“Lochinlar”ning gollariga Zafar To'raev (8-daqiqa), Bahodir Nasimov (65) va Shohruhmirzo Ahmadaliev (73) mualliflik qilishdi. Mazkur o'yinda namanganliklar ustozi Andrey Kanchelskis quyidagi futbolchilarni maydonga tushirdi: 

"Navbahor": O'tkir Yusupov, Jahongir Mehmonov, Igor Golban, Obid Jo'raboev, Mirzohid G'ofurov, Shahzod Shaymonov, Abdujamol Isroilov, Azizbek Turg'unboev, Zafar To'raev, Ulug'bek Aknazarov, Aleksandr Kasyan.

Zaxiradan maydonga tushganlar: G'iyos Komilov, Ivan Solovev, Hojiakbar Yunusov, Bahodir Nasimov, Slavko Lukich, Shohruhmirzo Ahmadaliev.

Takidlash joizki, tanaffusga "lochinlar" Zafar To'raevning yagona goli evaziga 1:0 hisobidagi yutuq bilan chiqib ketgandi. Qolgan gollar 2-bo'limda urildi.

Andrey Kanchelskis shogirdlari keyingi o'rtoqlik bahslarini Qrimning yana 2 ta yetakchi klublari – “Sevastopol” (Sevastopol) va “Evpatoriya” (Evpatoriya) jamoalariga qarshi o'tkazishadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz