"Navbahor": Navbatdagi o'yin ham “Oq-tepa”da o'tadi

Tolibjon Qosimov
9 fev 2017
Avval xabar berib o'tganimizdek, bugun jamoamiz mavsumlar oralig'idagi navbatdagi nazorat o'yinida maydonga tushadi.

Bu gal futbolchilarimizga Jizzaxning “So'g'diyona” klubi raqiblik qiladi. Mazkur uchrashuv bugun soat 15.00da “Oq-tepa” jamoasiga qarashli o'yingoh maydonida bo'lib o'tadi. Yodingizda bo'lsa “So'g'diyona” jamoasi bilan yanvar oyida ham nazorat o'yinida kuch sinashilgandi. O'shanda jizzaxliklar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: pfcnavbahor.uz