"Navbahor" futbolchisining boshini bosgan Qulmatov 2ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va 5 million so'm jarima to'laydi

Narzulla Saydullayev
7 may 2019, 20:16
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, bir qator futbolchilarga nisbatan turli xil sankciyalar qo'llanildi.

Jumladan, “Navbahor” – “So'g'diyona” bahsida maydonda yotgan raqib futbolchisi boshini bosib, noprofessional tarzda tajovuzkor xatti-harakat amalga oshirgan “So'g'diyona” a'zosi Sardor Qulmatov 2 ta o'yinga diskvalifikaciya qilindi va unga nisbatan 5 million so'm jarima belgilandi.

Superliga
Uchrashuv:
“Navbahor” – “So'g'diyona”
Jarimaga tortildi: Sardor Qulmatov (“So'g'diyona”)
Sabab: tajovuzkor xatti-harakat
Qaror: 2 ta o'yinga diskvalifikaciya va 5 million so'm jarima


Pro-liga
Uchrashuv:
“Yashnobod” – “Turon”
Jarimaga tortildi: Shokir Beknazarov (“Yashnobod”)
Sabab: Raqibga ataydan jiddiy jarohat etkazadigan tarzda zarba berib o'yin qoidasini buzgani uchun
Qaror: 3 ta o'yinga diskvalifikaciya va 1 million so'm

Uchrashuv: “Zarangari” – “Orol”
Jarimaga tortildi: Ruslanbek Menlimuratov (“Orol”)
Sabab: O'yin to'xtab turgan vaziyatda raqibga to'pni ataydan zarb bilan tepib yuborgani uchun
Qaror: 3 ta o'yinga diskvalifikaciya va 1 million so'm

Uchrashuv: “Ittifoq Navoiy” – “Zomin”
Jarimaga tortildi: Alimardon Murodov (“Ittifoq Navoiy” jamoasi boshlig'i)
Sabab: O'yindan so'ng hakamlar xonasiga kirib, hakamlar shaniga nomaqul so'zlar bildirgani uchun
Qaror: 3 million so'm jarima

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz